15/09/2025

 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent viloyatida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 27,4 mln so‘mni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Olmaliq shahrida (186 486,3 ming so‘m), Ohangaron shahrida (73 440,6 ming so‘m), Ohangaron tumanida (49 007,1 ming so‘m), Qibray tumanida (37 226,1 ming so‘m) o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (27 373,9 ming so‘m) sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatmoqda.