Birlashgan millatlar tashkiloti o‘zining 2015- yildagi rezolyutsiyasiga asosan a’zo davlatlari xar 10 yilda kamida 1 marta aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishni qat’iy tavsiya etadi. Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma’lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, uy-joy bilan ta’mirlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planadi.
O‘zbekiston hududida dastlabki aholini ro‘yxatga olish 1897- yilda o‘tkazilgan bo‘lib so‘ngi bor bu tadbir 1989- yilda amalga oshirilgan.
Mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 2021 yil respublikamizning 4 ta hududida, ya’ni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani, Xorazm viloyati Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi. Aholini ro‘yxatga olish natijalari Respublika va hududlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalarga yordam ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’mirlash kabi davlat dasturlarini manzilli ishlab chiqishda muhim axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizdagi respublika, viloyatlar, tumanlar, mahallalar darajasida yashovchi har bir fuqaro uchun aholini ro‘yxatga olishning eng muhim ahamiyatlaridan biri shundan iboratki aholini ro‘yxatga olish jarayonida xar bir fuqaro o‘zi yashayotgan mahallasidagi, tumanidagi, viloyatidagi va respublikasidagi aholi soni, millatlar tarkibi va ularning soni, aholining ma’lumotlilik darajalari va boshqa zarur ma’lumotlardan to‘liq xabardor bo‘lishadi.
Mamlakatimiz ko‘p millatli xalqlardan iborat bo‘lib respublikamizning har bir boshqa millat fuqarosi aholini ro‘yxatga olish jarayonida respublikamizning qaysi viloyati, qaysi tumani, mahallasida uning qancha millatdoshi yashayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘ladi va u ko‘p millatli yurtda yashayotganligidan faxrlanib hozirgi gullab yashnayotgan yangi O‘zbekistonimizga nisbatan vatanparvarlik hissi yanada ortadi. Aholini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonini 2026- yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi ishlab chiqilgan.




