15/09/2025

 2025- yilning yanvar-iyul oylarida eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,0 % ni tashkil etib, asosiy ulush sanoat tovarlari (55,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (15,0 %), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (6,3 %) va turli xil tayyor buyumlar (12,3 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya Federatsiyasi (32,7 %), Xitoy (24,3 %), Turkiya (8,4 %), Qozog‘iston (7,7 %), Afg‘oniston (6,7 %), Tojikiston (2,7 %), Qirg‘iz Respublikasi (2,2 %) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 84,7 % ni tashkil etdi.