Viloyatimizda 2025- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 44 397 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 38 122 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 4 699 ta
- Qibray tumani – 3 377 ta
- Toshkent tumani – 2 778 ta
- Chirchiq shahri – 2 553 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 829 ta
- sanoat sohasida – 6 432 ta
- qurilish sohasida – 2 601 ta
- savdo sohasida – 14 772 ta
- tashish va saqlash sohasida –1 364 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 129 ta
- axborot va aloqa sohasida – 648 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 734 ta
- boshqa sohalarda – 4 613 ta




