11/09/2025

2025- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2 074 tani, shundan qo‘shma korxonalar 455 ta va xorijiy korxonalar 1 619 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 80 ta
  • sanoat sohasida – 745 ta
  • qurilish sohasida – 118 ta
  • savdo sohasida – 773 ta
  • tashish va saqlash sohasida –34 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 39 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 95 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 10 ta
  • boshqa sohalarda – 180 ta