2024- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 202,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu esa 2023- yilga nisbatan bajarilgan qurilish ishlarini 39,7 mlrd so‘mga oshganini ko‘rsatadi.
Ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi, kichik korxona va mikrofirmalar jami qurilish ishlarining 1,7 % ini tashkil etdi.




