10/09/2025

 2025- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 44 397 (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 305 tani tashkil qildi (ulushi 7,4 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 297 ta
  • Toshkent tumani – 253 ta
  • Qibray tumani – 269 ta
  • Chirchiq shahri – 276 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 175 ta
  • sanoat sohasida – 410 ta
  • qurilish sohasida – 123 ta
  • savdo sohasida – 1 647 ta
  • tashish va saqlash sohasida –53 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 311 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 53 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 130 ta
  • boshqa sohalarda – 403 ta