2025- yilning yanvar–iyun oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 163,4 ming tonna go‘sht yetishtirildi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga ko‘p yetishtirilgan.
Yetishtirilgan goʻshtning umumiy hajmidan 1,8 foizi fermer xoʻjaliklari hissasiga, 79,9 foizi dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 18,3 foizi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.




