22/08/2025

 2025- yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 21 858,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 109,1 % ga teng bo‘ldi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3 096,9 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 2,8 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 18 761,6 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 10,2 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 764,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 8,1 %) tashkil etdi.