22−23-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan, shu munosabat bilan Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham mazkur xayriya tadbirida faol ishtirok etdilar.
“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan hasharda xodimlar hududni obodonlashtirish, daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish, mavjud yashil maydonlarga parvarish qilish, yo‘laklarni supurish, chiqindilarni tozalash kabi ezgu ishlarga o‘z hissasini qo‘shdilar.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – hududlarimizni yanada obod va fayzli qilish, tozalik va tartib-intizomni mustahkamlash hamda jamoatchilikda birdamlik ruhini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.

src="images/2025_yigilishlar/3.jpg" alt="" /> src="/images/2025_yigilishlar/38.jpg" alt="" />



