21/08/2025

 2025- yil yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 24 330,1 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmidagi ulushi 59,8 % ni to‘g‘ri keldi.

O‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 138,6 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi O‘rtachirchiq (94,9 %), Oqqo‘rg‘on (91,3 %), Toshkent (88,5 %) va Parkent (81,5 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.