2025- yilning yanvar-iyun oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 6 771,3 mlrd so‘mga yеtdi.
2024- yilning mos davriga nisbatan 11,9 % ga oshdi.
Bunda savdo aylanmasining 78,2 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi eng yuqori o‘sish sur’ati Yuqori Chirchiq (116,8 %), Parkent (115,6 %) va Bo‘stonliq (110,4 %) tumanlari hamda Chirchiq (109,7 %) shahrida kuzatildi.




