Viloyatimizda 2025- yilning 1- iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 44 359 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 38 140 tani tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 849 ta
- sanoat sohasida – 6 427 ta
- qurilish sohasida – 2 587 ta
- savdo sohasida – 14 759 ta
- tashish va saqlash sohasida –1 375 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 144 ta
- axborot va aloqa sohasida – 634 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 737 ta
- boshqa sohalarda – 4 628 ta




