14/08/2025

Toshkent viloyati bo‘yicha 2025- yilning yanvar-iyun oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 25,8 trln so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 14,5 % ga o‘sdi.

Kichik biznes subyektlarining viloyat boʻyicha ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 21,3 trln so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 12,0 % ga to‘g‘ri keldi.

Toshkent viloyatining jami ulgurji savdo aylanma hajmidagi ulushi 82,6 % ni tashkil qildi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasida yirik korxonalarning eng yuqori o‘sish sur’ati Quyi Chirchiq (22,7 m.), Zangiota (11,2 m.) va Bo‘stonliq (2,0 m.) tumanlari hamda Chirchiq (3,2 m.) shahrida kuzatildi.