07/08/2025

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 18 331,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 108,9 % ga teng bo‘ldi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 2 587,0 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 3,7 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 15 744,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 9,8 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 588,7 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 8,4 %) tashkil etdi.