06/08/2025

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Bekobod tumanida qurilish tashkilotlari tomonidan jami 108,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-  yilning mos davriga nisbatan 113,2 % ni tashkil etdi.

Shu jumladan: yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2,6 mlrd so‘mlik, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 74,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Norasmiy sektor tomonidan 31,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.