Joriy yilning 1-avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo'limlari hamda masofaviy tarzda hududiy statistika bo'lim xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu ma’rifiy tadbirda Milliy statistika qo‘mitasi media markazi tomonidan yaratilgan “Ortga qaytmas islohotlar”, “Intervyuyerning bir kuni “ nomli videoroliklari namoyish etildi.

Videoroliklar orqali statistika sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, intervyuyerlarning kundalik faoliyati va sohadagi ahamiyatli jarayonlar keng yoritib berildi.

Namoyishdan so‘ng soha mutaxassislari videoroliklar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.



