2025- yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 18 665,8 mlrd so‘mni yoki 2024- yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil etdi.
Shu jumladan dehqonchilik mahsulotlari 6 089,6 mlrd so‘mni (105,4 %), chorvachilik mahsulotlari 12 576,2 mlrd so‘mni (103,7 %) tashkil qildi.
Hududlar kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eng yuqori hajmi Bekobod (1 911,2 mlrd soʻm), Bo‘stonliq (1 483,8 mlrd soʻm), O‘rta Chirchiq (1 406,5 mlrd soʻm) va Bo‘ka (1 371,9 mlrd soʻm) tumanlarida qayd etildi.




