Joriy yilning 30-iyul kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida 2025 yilning II chorak yakunlari boʻyicha kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi. Unda boshqarma rahbariyati, tarmoq hamda tuman (shahar) statistika bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Kengash yigʻilishini boshqarma boshligʻi Jamoldinov Shuhrat Maxamatqosimovich ochib berdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining statistik tizim oldiga qoʻygan ustuvor vazifalari, shuningdek II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan axborot berildi.

📊 Yigʻilish davomida II chorak yakunlari chuqur tahlil qilinib, tizim faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Shuningdek, III chorak uchun aniq vazifalar belgilab olinib, statistika tizimida zamonaviy yondashuvlar asosida faoliyatni yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berildi.

✅ Yakunda ishtirokchilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi.



