30/07/2025

2025- yilning 1- iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 44 359 (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 307 tani tashkil qildi (ulushi 7,4 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 294 ta
  • Toshkent tumani – 253 ta
  • Qibray tumani – 268 ta
  • Chirchiq shahri – 278 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 174 ta
  • sanoat sohasida – 416 ta
  • qurilish sohasida – 129 ta
  • savdo sohasida – 1 623 ta
  • tashish va saqlash sohasida –55 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 318 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 53 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 132 ta
  • boshqa sohalarda – 407 ta