Iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga 2025- yil yanvar-iyun oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 40 687,6 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi va bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 112,0 % ni tashkil etdi.
Besh yildagi asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi deyarli 3,4 barobarga ko‘paydi, shuningdek, 2025- yil yanvar-iyun oylarida 2024- yilning mos davriga nisbatan 6 804,5 mlrd so‘mga ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirildi.




