2025- yil yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 9,5 trln so‘mni yoki umumiy hajmidagi ulushi 58,9 % ni tashkil etdi.
O‘sish sur’ati 2024- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 134,9 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi Bo‘ka (99,0%), Yuqori Сhirchiq (98,7 %), Toshkent (96,7 %) va Oqqo‘rg‘on (93,8 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.