03/07/2025

2025- yilning yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 855,3 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

2024- yilning mos davriga nisbatan 116,4 % ni tashkil qildi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining o‘sishiga telekommunikatsiya xizmatlarining o‘sishi ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda ushbu turdagi xizmatlarning aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 61,5 % ni tashkil etdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan esa 14,7 % ga o‘sdi.