Viloyatimizda 2025- yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan tug‘ilishlar soni 15 425 tani, shundan oʻgʻil bolalar soni 7 977 tani (jami tugʻilganlar soniga nisbatan 51,7 %), qiz bolalar soni 7 448 tani (48,3 %) va shahar joylarida 7 028 tani (45,6 %), qishloq joylarida 8 397 tani (54,4 %) tashkil etdi.
Har ming aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 20,1 promilleni tashkil etdi.
Tugʻilganlar soni 2024- yilning mos davriga nisbatan 1 519 nafarga kamaygan.




