23/06/2025

2025- yilning yanvar-may oylarida Toshkent viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 15 trln so‘mdan oshdi, 2024- yilning mos davriga nisbatan 109,3 % ga teng bo‘ldi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 2,1 trln so‘mni (o‘sish sur’ati 3,6 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 12,9 trln so‘mni (o‘sish sur’ati 10,3 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1,4 trln so‘mni (o‘sish sur’ati 10,4 %) tashkil etdi.