2025- yilning yanvar–mart oylarida Toshkent viloyatida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 6177,7 mlrd soʻmni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar – 5840,1 mlrd soʻmni, oʻrmon xoʻjaligi – 272,8 mlrd soʻmni, baliqchilik xoʻjaligi – 64,8 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Yangiyo‘l (538,0 mlrd so‘m), O‘rta Chirchiq (497,5 mlrd so‘m) va Zangiota (517,3 mlrd so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Tumanlar boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati tahlil qilinganda, yuqori oʻsish surʼatlari Yangiyo‘l (112,3 %), Yuqori Chirchiq (111,6 %), Qibray (105,6 %) va Quyi Chirchiq (104,4 %) tumanlarida qayd etildi.