Joriy yilining 13- iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika unversitetining Olmaliq filiali “Energetika va mashinasozlik” fakultetida davra suhbati tashkil etildi. UndaToshkent viloyati statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshlig‘i Orol Sattorov hamda universitet oʻqituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5655- sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi OʻRQ-611-sonli “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda targʻibot ishlarini olib borish ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, aholini roʻyxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik taʻminoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlari, xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻg‘risida batafsil ma’lumotlarni berib oʻtdi.

Davra suhbati yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.




