Toshkent viloyatida 2024/2025- oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlari soni 16 tani tashkil etgan va 2020/2021- oʻquv yili boshiga nisbatan 8 taga, yaʼni 100,0 % ga oshgan.
2024/2025- oʻquv yili boshida jami 6 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritgan va 2022/2023- oʻquv yiliga nisbatan ularning soni 3 barobarga oshgan.