09/06/2025

 Joriy yilning yanvar-aprel oylari mobaynida Toshkent viloyatida import hajmi 1,2 mlrd AQSh dollarni tashkil etdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan 13,1 % ga ko‘paydi.

Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (27,8 %), Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (17,0 %) hamda sanoat mahsulotlari (14,6 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 142,4 mln AQSH dollariga ko‘paydi va 1 230,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Xizmatlar importi esa 1,3 mln AQSH dollariga yetdi.