2025- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir.
O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,7 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 11,3 %), sanoatda – 104,3 % (45,4 %), qurilishda – 120,1 % (8,8 %), xizmatlar sohasida – 107,4 % ni (34,5 %) tashkil etdi.
Xizmatlar sohasi tarkibida sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 111,6 % (10,6 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 110,2 % (6,3 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 104,1 % dan (17,6 %) iborat bo‘ldi.