Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 6177,7 mlrd soʻmni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar – 5840,1 mlrd soʻmni, oʻrmon xoʻjaligi – 272,8 mlrd soʻmni, baliqchilik xoʻjaligi – 64,8 mlrd soʻmni tashkil qildi.



