2025- yil 1- may holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 42,8 mingtani tashkil etadi, shundan 36,6 mingtasi yoki 85,5 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir. 2024 yilning shu davriga nisbatan korxona va tashkilotlar 98,6 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 98,4 foizni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p korxona va tashkilotlar Zangiota tumani (jami faoliyat ko‘rsatayotganlarning 11,5 foiz), Qibray – (8,6 foizi), Toshkent – (7,0 foizi), Parkent– (5,9 foizi) tumanlarida va Chirchiq shahrida – (6,7 foizi) hissasiga to‘g‘ri keldi. Kichik biznes subyektlarining umumiy sonidagi salmoqli ulushi Zangiota – (12,4 foizi), Toshkent – (7,3 foizi), Qibray – (8,8 foizi) Parkent – (6,1 foizi) tumanlariga to‘g‘ri keldi.




