14/04/2025

   ⚡️2025- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 996 tani tashkil qildi, shundan 108 tasi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar.

Bundan tashqari faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 1 671 taga yetdi.

Hududda asosan ko‘proq faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalaridan 594 tasi savdo sohasiga, 332 tasi sanoat sohasiga, 280 tasi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi korxona va tashkilotlarga  to‘g‘ri keladi.