Select any text and click on the icon to listen!

14/04/2025

   Joriy yilning 14-aprel kuni Tohkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida 8, 25 va 26- sonli umumta’lim maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 5-fevraldagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmonining mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. 

Seminar jarayonida U.Sattorov aholini ro‘yxatga olish jarayoni uch bosqichda o‘tishi, birinchisi – tayyorgarlik bosqichi. Bu uch yilga yaqin vaqt davom etishi haqida gaprirb o‘tdi.

Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishi bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq hujjatlar, jumladan, ro‘yxatga olish varaqalari, ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilish metodologiyasini ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Ikkinchisi – asosiy bosqich. Bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Mazkur jarayon taxminan ikki oy davom etadi.

Mamlakatimizda 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiri an’anaviy usulda, ya’ni ro‘yxatga oluvchi shaxslar tomonidan hududlarda uyma-uy yurgan holda, yuzma-yuz suhbat asosida, qog‘oz shaklidagi ro‘yxatga olish varaqalarini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Internet tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish imkoniyati ham yaratiladi, ya’ni hoxlovchilar o‘zlari uylaridan yoki masofadan turib, maxsus dastur orqali savolnoma varaqalarini to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Select and listen