09/04/2025

   Toshkent viloyatida yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2025- yil 1- mart holatiga ko‘ra 3,3 mingtani tashkil etdi.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 42,4 foiz, sanoat – 25,8 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 18,5 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 4,4 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Oilaviy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan Zangiota– 327 ta, Toshkent– 315 ta tumanlariga va Chirchiq shahrida – 270 ta.