09/04/2025

2025- yil 9-apreldan 18-aprelgacha quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

9 apreldan kechiktirmay

1-tib (aholi) Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati to‘g‘risida hisobot. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati tibbiyot xizmatlari (jami idora bo‘yicha), boshqa idoralarning tibbiyot xizmatlari, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar.

11-aprel

1-korxona Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisobot. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar (kichik korxona va mikrofirmalar, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari) hamda ularning alohida bo‘linmalari

18 apreldan kechiktirmay

12-moliya Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisobot. Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, dexqon va fermer xo‘jaliklari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari.

Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).