08/04/2025

   Joriy yilning 8-aprel kuni Tohkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov tomonidan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahar 1,4 va 5- sonli umumiy o`rta ta`lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 5-fevraldagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmonining  mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi. 

Seminar jarayonida aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari to‘g‘risida gapirib, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar tizimi O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy ma’lumotlarni shakllantirish hamda aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqilganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Bundan tashqari - aholi tarkibidagi global o‘zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;

 - aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylantirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;

 - milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazish;

 - aholini ro‘yxatga olish davrlari oralig‘ida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi  va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;

 - ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari amalga oshirish  axborot tizimini ishlab chiqishning asosiy maqsadlari sifatida inobatga olinganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.