08/04/2025

   2024- yilda Toshkent viloyati bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 19 141,1 tonna baliq ovlangan.

Ovlangan baliq umumiy hajmidan 88,2 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga, 11,3 foizi Fermer xo‘jaliklari hissasiga va 0,4 foizi dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini ta’kidlash lozim.

Eng ko‘p baliq ovlagan hududlar Yangiyo‘l tumanida 7 377 tonna, Qo‘yi Chirchiq tumanida 5 357 tonna hamda O’rta Chirchiq tumanida 2 342 tonnaga to‘g‘ri keladi.