Joriy yilning 7-aprel kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov tomonidan Toshkent viloyati, Chinoz tumaninng 18 va 28- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3-boshqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida ma’ruza qildi.