2025- yilning yanvar-fevral oylarida import hajmi 555,5 mln. AQSH dollarini va 2024- yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ni tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (29,8 %), sanoat tovarlari (16,2 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (11,6 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2025- yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 mln. AQSH dollariga ko‘paydi va 555,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Xizmatlar importi esa 0,6 mln. AQSH dollariga yetdi.