2025- yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida parrandalarning umumiy bosh soni 17 661,0 mingtaga yetdi. 2024- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni 844 mingtaga (5,0 %) ko‘paydi.
Parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 53,1 % i dehqon xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.