28/03/2025

   Toshkent viloyati bo‘yicha 2025- yil yanvar-fevral oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 5,3 trln so‘mga yaqinlashdi, 2024- yilning mos davriga nisbatan 110,2 % ga yetdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 743,4 mlrd so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 4,5 trln so‘mni o‘tgan yilga nisbatan 112,3 % ni tashkil etdi.

Chakana savdo tovar aylanmasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatning Quyi Chirchiq (116,7 %), Zangiota (116,1 %) va Qibray (115,4 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.