Select any text and click on the icon to listen!

28/03/2025

   2025- yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3152,5 mlrdso‘mlik sanoat mahsulotlari  ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 17,6 % ni tashkil etdi. Yillar kesimida taqqoslaganda kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi o‘sib borayotganligini kuzatish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich viloyatda kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlariga aholining talabi o‘sib borayotganligini hamda eksport hajmi ko‘payotganligini bildiradi.

Select and listen