Select any text and click on the icon to listen!

27/03/2025

   Toshkent viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda bajarilgan qurilish ishlari tahliliga ko‘ra, 2 465 ta qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan jami 3,4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi, o‘sish sur’ati 2024-  yilning mos davriga nisbatan 122,2 foizni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmining 19,3 foizi yirik qurilish tashkilotlari tomonidan, 42,7 foizi norasmiy sektor tomonidan, 38 foizi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan.

Select and listen