Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov tomonidan Zangiota tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 5-fevraldagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmonining mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar jarayonida aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari to‘g‘risida gapirib, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar tizimi O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy ma’lumotlarni shakllantirish hamda aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqilganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.