2024- yilda Toshkent viloyati bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 312,3 ming tonna go‘sht yetishtirilgan.
2023- yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga ko‘p yetishtirildi.
Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht yetishtirish umumiy hajmidan 71 foizi dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.
Hududlar kesimida hajmi eng ko‘p go‘sht Yangiyo‘l tumanida 44 494 tonna va Zangiota tumanida 26 107 tonna yetishtirgan.