Joriy yilning 25-mart kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani 3- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Unda, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari to‘g‘risida gapirib, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar tizimi O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy ma’lumotlarni shakllantirish hamda aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqilganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.