19/03/2025

   Joriy yilning 19-mart kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani 24- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Unda, Bekobod tumani statistika bo‘imi boshlig‘i T.Abdujabborov hamda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashdi.

   Seminar jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash maqsadida aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, mahallalarning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirilayotganini takidlab o‘tdi. Shuningdek, ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berdi.