Select any text and click on the icon to listen!

14/03/2025

   Joriy yilning 13-mart kuni Tohkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov hamda Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi M.Jabborov tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filialida davra suhbati o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi va talabalar qatnashdi.

Davra suhbati jarayonida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, 2020- yil 11-noyabrdagi 710-sonli qarori ijrosi bo‘yicha hamda qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi.

Bundan tashqari aholini ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planishi, mazkur ma’lumotlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati yaratilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Davra suhbati yakunida talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.  

Select and listen