Select any text and click on the icon to listen!

14/03/2025

   Joriy yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov hamda viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari X. Igamberdiyev tomonidan Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlariga huquqiy targ‘bot tadbiri o‘tkazildi.

 Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir.

Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat.

Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi”, - dedi davlatimiz rahbari.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3-yanvardagi “Korrupsiya to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati hamda qabul qilingan amaldagi meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida tushunchalar berib o‘tdi.

Tadbir davomida statistika organlarida mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, xodimlarning ish faoliyati jarayoni boʻyicha tizimli nazorat o‘rnatish hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevral kungi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarorinining mohiyati va mazmunini tanishtirib o‘tdilar.

Select and listen